 |
superbaby93's Blog
Farg'onam
Related to country: Uzbekistan
|

Farg’ona vodiysi boyliklari va go’zalligi uchun Markaziy Osiyoning durdonasi deb ataladi. Vodiy Tyan-Shan tog’lari va Hisor-Oloy tog’ tizmasi bilan o’ralgan va faqat g’arb tomondagina Sirdaryoga kirish uchun ijozat beradi.
Markaziy Osiyoning tarixi va madaniyatida Farg’ona vodiysi doimo muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, Farg’onadagi Davan davlati to’g’risidagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi II asr oxiridayoq uchraydi, o’rta asrlarda esa bu Movarounnahrning yetakchi uluslaridan biri edi. Qadimgi davrlarda vodiy turli madaniyatlarning markazi bo’lganligidan bronza, ilk temir asri qo`rg’onlari va o’rta asrlar yodgorliklari dalolat beradi.
Markaziy Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri – Marg’ilon shahridir. Marg’ilon 2006 yilda 2000 yilligini nishonlaydi. XI asrda Marg’ilon Farg’ona vohasining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan eng yirik shahri edi, ularni Buyuk Ipak yo’li bo’ylab savdogarlar Misr va Yunonistonga, Bag’dod, Xuroson va Kashg’arga olib ketar edilar. Hozir ham Marg’ilonni O’zbekistoning ipak poytaxti deb atash mumkin. Bu yerda qo’lda qadimiy texnologiya bilan to’qilgan va bo’yalgan mashhur xonatlas ishlab chiqariladi.
Farg’onadan 50 kilometr uzoqda Rishton nomli kichik shaharcha bor. Eramizning IX asridan beri rishtonliklar o’zining sopol buyumlari bilan mashhurdir. 1100 yil mobaynida ustalar avloddan-avlodga mahalliy qizil loy turlaridan sopol buyumlarni yasash hamda tabiiy mineral bo’yoqlardan va tog’ o’simliklari shirasidan sirlash sirlarini uzatadi. Katta laganlar, chuqur shokosalar, suv uchun xumlar, sut uchun xurmachalar beqiyos feruza va lojuvard rangli «ishqor» sirli bo’lib, rishtonlik ustalarni ko’p sonli xalqaro ko’rgazmalarda mashhur qilgan, jahonning ko’pgina muzeylari va xususiy termalarning namunalarini boyitadi.
Farg’ona vodiysining asosiy shahri uzoq vaqt Qo’qon shahri edi. XVIII-XIX asrlarda u qudratli Ko’qon xonligining poytaxti bo’lib, o’z hukmronligini hozirgi O’zbekistonnig katta qismiga va qo’shni davlatlarga o’tkazar edi. Qo’qon yirik diniy markaz bo’lgan. Gullab-yashnagan paytida Qo’qonda o’ttiz besh madrasa va yuzta masjid bor edi. Afsuski, ularning ko’pchiligini vaqt, zilzilalar va Sovet hukumati xarobalarga aylantirgan.
Farg’ona shaharlarinig durdonalari ichida Namangan, mashhur o’zbek shoiri Mashrabning vatani alohida o’rin egallaydi. Namanganga yaqin joyda qadimgi shahar Axsikentning xarobalari bor. Arxeologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, shaharda qal’a va katta devorlar bo’lgan. Bu yerda savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlangan edi. X asrdan XIII asrgacha Axsikent Farg’ona vodiysining poytaxti edi. Lekin keyinchalik u mo’g’ullar tomonidan, XVII asrda esa juda kuchli zilzila tufayli yer bilan yakson bo’lgan. 1875 yilda Namangan Rossiyaning tarkibiga kirdi. O’sha paytdayoq muntazam rejaga asosan yangi shahar bunyod etila boshlagan. Uni eski shahardan ark ajratib turgan, undan avvalroq yuzaga kelgan rejaga binoan radiussimon ko’chalar tarqalib ketar edi. XX asr boshida Namangan Farg’ona vodiysida aholi soniga ko’ra ikkinchi shahar bo’lib, paxtaga ishlov berish markazi edi. Ayni paytda bu yerda muqaddas inshootlar - Hoji Amin maqbarasi, Mullo-Qirg’iz madrasasi va boshqa, bizning davrimizgacha saqlanib qolgan binolar qurilgan.
Namanganga yaqin joyda Andijon shahri, Zahiriddin Muhammad Boburning vatani joylashgan. Bobur shoir, mashhur «Boburnoma» kitobining muallifi, sarkarda, davlat arbobi bo’lib, Hindistonni ishg’ol etgan va u yerda buyuk mo’g’ullar sulolasiga asos solgan.
Yoshiga qaraganda Andijon Farg’ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri. Zamonaviy shahardan o’ttiz kilometr narida Marhamat qo’rg’oni joylashgan – u uchqur otlari bilan mashhur bo’lgan qadimgi «Davan -Ershi» davlatining poytaxti edi. Bu yerdan bunday otlar nihoyatda bebaho boylik kabi Xitoy imperatorlarining qoshiga yetkazilar edi. IX – X asrlarda Andijon shahri Somoniylarning mulkiga aylandi. XV asrda Andijoning hukmdori temuriyzoda Bobur bo’lgan.
1902 yilda Andijonga kuchli zilzila katta zarar yetkazdi. Shahar aslida qaytadan qurilgan. Avvalgi asrlarning me’morchilik yodgorliklaridan Jomiy madrasasi saqlab qolingan.
Bugungi kunda Andijon – O’zbekistonning eng yirik sanoat markazlaridan biri. Bu yerda yengil avtomashinalarni ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi qo’rilgan, mashinasozlik zavodi, ip-gazlama matolari kombinati, trikotaj fabrikasi ham bor. Shahar mevali bog’lar, paxta va bug’doy dalalari bilan o’ralgan.
Farg’ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri Quva shahridir. Qadimiy Quva qo’rg’onida eramizdan avvalgi III asrga oid shahar inshootlarining qoldiqlari topilgan. Qo’rg’on hududida arxeolog olimlar eramizning VI – VIII asrlaridagi buddiy ehromini topib, tadqiq etganlar.
Farg’ona vodiysi – Markaziy Osiyodagi eng unumdor yerlari va ajoyib iqlimi bo’lgan katta gullab-yashnagan voha haqiqiy ma’noda «oltin vodiy» deb ataladi.
|
|
|
|
 |
Andijon mantisi
Related to country: Uzbekistan
|
Xamirini qattiqina qorib zuvala qilib hul sochiqqa o’rab 10-15minut tindirib quyganingizdan keyin 150 grammli ,ya’ni olmadek keladigan bo’laklar yib olib jo’va bilan yoysangiz ,likob kattaligidagi jild hosil bo’ladi. Har bir jildga 250-300 grammcha qiyma solib yumaloq shaklda tugiladi.
Qiymasini tayyorlash uchun yog’liq qo’y go’shtidan olib chopiladi yoki yaxshisi o’tkir pichoq bilan ‘chumchuq tili’qilib to’g’rang .Bunga chopilgan piyoz ,xom tuxum ,tuz ,murch qo’shib yaxshilab mijiysiz .
Tugilagn mantilarni lappagi yog’langan qasqonga qo’yib 1 soat davomida bug’lab pishirasiz . Dasturxonga tortishda har bir xo’randa uchun bir donadan mantini alohida lokopchada yoki kosaga solib , picha sho’rva quyib ,yuziga qatiq va qirqilgan ukrop sepib berasiz .Alohida idishda uzum sirkasi qo’ying.
Masalliq:xamiri uchun 500 gr oq un ,1 dona tuxum ,0,5 stakan iliq suv ,1 choy qoshig’ida tuz olinadi; qiymasi uchun 1 kg yog’li qo’y go’shti ,500 gr piyoz ,1 dona tuxum ,murch va tuz ta’bga ko’ra ishlatiladi.
|
|
| November 1, 2006 | 11:59 PM |
O'rama tort
Related to country: Uzbekistan
|
Og’irligi 1 kg li tort uchun: biskvit - 320 g, shokoladli krem - 230 g, qaymoqli krem -300 g, jele - 50 g, qulupnay - 100 g
Yupqa qilib pishirilgan biskvit yuziga shokoladli krem surtib, rulet qilib o’raladi. Yuziga qaymoqli krem surtib, qulupnay mevasi va jele surtib bezatiladi.
|
|
| November 1, 2006 | 11:34 PM |
|
|
 |
"Yangi tehnologilardan biri."
Related to country: Uzbekistan
|

LG pushti va oq "shokolad" chiqaradi
Janubiy Koreyaning LG Electronics kompaniyasi hozirda juda ommalashgan LG Chocolate mobil telefonining yangi oq va pushti korpusli talqinlarini chiqarishini ma’lum qildi. Korpusining qoraligi uchun “Shokolad” nomini olgan slayder Koreya bozoriga o’tgan yilning noyabr oyida chiqqan.
Bu apparat LGning yangi Black Label seriyasining birinchi modeli sanaladi. LG Chocolate dizayni va interfeysi uchun taqdirlangan (iF Design Award va Red dot Design Award). Bizning bozorga “Shokolad” yoz oyining boshlarida kirib keldi. Bizda sotilayotgan “shokolad”lar koreyanikidan unchalik farq qilmaydi, faqat oldi panelda sensor tugmalari yo’q. Model 240x320 displeyga, 1,3 megapikselli kameraga, mp3 va AAC formatlarini o’qiy oladigan mp3-pleyerga ega. Shu bilan birga apparat 128 Mb hotira bilan ta’minlangan.
Pushti va oq slayderlar ranglariga qaramay LG Chocolate nomini saqlab qoladi va shu yilning ohirida bozorga chiqadi. LG kompaniyasi bu bilan cheklanib qolmoqchi emas va “shokolad”ning oliy klassga mo’ljallangan yangi modelini ham chiqarmoqchi. Bu model esa hozircha ma’lumotlar yo’q.
|
|
| October 6, 2006 | 6:15 AM |
|
|
 |
"Yangi tehnologilardan biri"
Related to country: Uzbekistan
|

*** Millionerlar mobil telefoni ***
Nokia fin kompaniyasining elit mobil telefonlari bilan shug’ullanuvchi bo’linmasi Vertu yangi uyali apparatni chiqarishga tayorlamoqda. Model Constellation deb nomlanadi. Kompaniya hozircha eksklyuziv yangilik haqidagi ma’lumotlarni sir tutmoqda, lekin moslamaning ba’zi hususiyatlarini aniqlandi. Bu ma’lumotlar AQShning Aloqa Federal komissiyasining saytidan olingan. Constellatino bu komissiyada sertifikatsiyadan o’tdi.
Foydalanuvchilar ko’rsatmasiga ko’ra mobil telefon GSM tarmog’ining 4 ta diapazonida (850/900/1800/1900 MHz) ishlashga mo’ljallangan. Apparatning korpusi teri va qimmatbaho metallar (oltin va platina) bilan bezlgan, tugmalari esa keramikadan ishlangan. Rangli suyuq-kristalli displey 1024x768 nuqtada ishlaydi va 256 rangi aks ettira oladi. Constellatino Inte Pentium III 333 MHz protsessoriga ega va Windows 2000 yoki Windows XP operation tizimlarida ishlaydi. Moslamaning hotirasi 256 Mb.
Yangilik SMS, MMS va Blutoothlardan foydalana oladi. Vertu Constellation mobil telefoni bozorga shu yilning kuzida chiqishi kutilmoqda, lekin bahosi hali aniq emas.
|
|
| October 6, 2006 | 5:54 AM |
|
Latest Posts
Monthly Archive
Change Language
Filter By Type
6181 views
|
 |