TIGblogs TIG | TIGblogs GROUP TIGBLOGS LOGIN SIGNUP
superbaby93's Blog
superbaby93's Blog
Farg'onam
Related to country: Uzbekistan


Farg’ona vodiysi boyliklari va go’zalligi uchun Markaziy Osiyoning durdonasi deb ataladi. Vodiy Tyan-Shan tog’lari va Hisor-Oloy tog’ tizmasi bilan o’ralgan va faqat g’arb tomondagina Sirdaryoga kirish uchun ijozat beradi.
Markaziy Osiyoning tarixi va madaniyatida Farg’ona vodiysi doimo muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Masalan, Farg’onadagi Davan davlati to’g’risidagi ma’lumotlar eramizdan avvalgi II asr oxiridayoq uchraydi, o’rta asrlarda esa bu Movarounnahrning yetakchi uluslaridan biri edi. Qadimgi davrlarda vodiy turli madaniyatlarning markazi bo’lganligidan bronza, ilk temir asri qo`rg’onlari va o’rta asrlar yodgorliklari dalolat beradi.
Markaziy Osiyoning eng qadimgi shaharlaridan biri – Marg’ilon shahridir. Marg’ilon 2006 yilda 2000 yilligini nishonlaydi. XI asrda Marg’ilon Farg’ona vohasining ipak matolari bilan mashhur bo’lgan eng yirik shahri edi, ularni Buyuk Ipak yo’li bo’ylab savdogarlar Misr va Yunonistonga, Bag’dod, Xuroson va Kashg’arga olib ketar edilar. Hozir ham Marg’ilonni O’zbekistoning ipak poytaxti deb atash mumkin. Bu yerda qo’lda qadimiy texnologiya bilan to’qilgan va bo’yalgan mashhur xonatlas ishlab chiqariladi.
Farg’onadan 50 kilometr uzoqda Rishton nomli kichik shaharcha bor. Eramizning IX asridan beri rishtonliklar o’zining sopol buyumlari bilan mashhurdir. 1100 yil mobaynida ustalar avloddan-avlodga mahalliy qizil loy turlaridan sopol buyumlarni yasash hamda tabiiy mineral bo’yoqlardan va tog’ o’simliklari shirasidan sirlash sirlarini uzatadi. Katta laganlar, chuqur shokosalar, suv uchun xumlar, sut uchun xurmachalar beqiyos feruza va lojuvard rangli «ishqor» sirli bo’lib, rishtonlik ustalarni ko’p sonli xalqaro ko’rgazmalarda mashhur qilgan, jahonning ko’pgina muzeylari va xususiy termalarning namunalarini boyitadi.
Farg’ona vodiysining asosiy shahri uzoq vaqt Qo’qon shahri edi. XVIII-XIX asrlarda u qudratli Ko’qon xonligining poytaxti bo’lib, o’z hukmronligini hozirgi O’zbekistonnig katta qismiga va qo’shni davlatlarga o’tkazar edi. Qo’qon yirik diniy markaz bo’lgan. Gullab-yashnagan paytida Qo’qonda o’ttiz besh madrasa va yuzta masjid bor edi. Afsuski, ularning ko’pchiligini vaqt, zilzilalar va Sovet hukumati xarobalarga aylantirgan.
Farg’ona shaharlarinig durdonalari ichida Namangan, mashhur o’zbek shoiri Mashrabning vatani alohida o’rin egallaydi. Namanganga yaqin joyda qadimgi shahar Axsikentning xarobalari bor. Arxeologik tadqiqotlarning ko’rsatishicha, shaharda qal’a va katta devorlar bo’lgan. Bu yerda savdo-sotiq va hunarmandchilik rivojlangan edi. X asrdan XIII asrgacha Axsikent Farg’ona vodiysining poytaxti edi. Lekin keyinchalik u mo’g’ullar tomonidan, XVII asrda esa juda kuchli zilzila tufayli yer bilan yakson bo’lgan. 1875 yilda Namangan Rossiyaning tarkibiga kirdi. O’sha paytdayoq muntazam rejaga asosan yangi shahar bunyod etila boshlagan. Uni eski shahardan ark ajratib turgan, undan avvalroq yuzaga kelgan rejaga binoan radiussimon ko’chalar tarqalib ketar edi. XX asr boshida Namangan Farg’ona vodiysida aholi soniga ko’ra ikkinchi shahar bo’lib, paxtaga ishlov berish markazi edi. Ayni paytda bu yerda muqaddas inshootlar - Hoji Amin maqbarasi, Mullo-Qirg’iz madrasasi va boshqa, bizning davrimizgacha saqlanib qolgan binolar qurilgan.
Namanganga yaqin joyda Andijon shahri, Zahiriddin Muhammad Boburning vatani joylashgan. Bobur shoir, mashhur «Boburnoma» kitobining muallifi, sarkarda, davlat arbobi bo’lib, Hindistonni ishg’ol etgan va u yerda buyuk mo’g’ullar sulolasiga asos solgan.
Yoshiga qaraganda Andijon Farg’ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri. Zamonaviy shahardan o’ttiz kilometr narida Marhamat qo’rg’oni joylashgan – u uchqur otlari bilan mashhur bo’lgan qadimgi «Davan -Ershi» davlatining poytaxti edi. Bu yerdan bunday otlar nihoyatda bebaho boylik kabi Xitoy imperatorlarining qoshiga yetkazilar edi. IX – X asrlarda Andijon shahri Somoniylarning mulkiga aylandi. XV asrda Andijoning hukmdori temuriyzoda Bobur bo’lgan.
1902 yilda Andijonga kuchli zilzila katta zarar yetkazdi. Shahar aslida qaytadan qurilgan. Avvalgi asrlarning me’morchilik yodgorliklaridan Jomiy madrasasi saqlab qolingan.
Bugungi kunda Andijon – O’zbekistonning eng yirik sanoat markazlaridan biri. Bu yerda yengil avtomashinalarni ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekiston-Koreya qo’shma korxonasi qo’rilgan, mashinasozlik zavodi, ip-gazlama matolari kombinati, trikotaj fabrikasi ham bor. Shahar mevali bog’lar, paxta va bug’doy dalalari bilan o’ralgan.
Farg’ona vodiysining eng qadimgi shaharlaridan biri Quva shahridir. Qadimiy Quva qo’rg’onida eramizdan avvalgi III asrga oid shahar inshootlarining qoldiqlari topilgan. Qo’rg’on hududida arxeolog olimlar eramizning VI – VIII asrlaridagi buddiy ehromini topib, tadqiq etganlar.
Farg’ona vodiysi – Markaziy Osiyodagi eng unumdor yerlari va ajoyib iqlimi bo’lgan katta gullab-yashnagan voha haqiqiy ma’noda «oltin vodiy» deb ataladi.

May 22, 2007 | 12:58 AM Comments  1 comments

Tags:
You must be logged in to add tags.


Comments

Hojiakbar Hojiakbar Rasulov
May 26, 2007 | 2:53 AM
Salom
Hurmatli superbaby ushbu ma'lumotlarni bizga yoritganiz uchun rahmat. Juda yashi kimgadir kerak bo'lib qolishi mumkin. Aytingchi qaerdan oldiz ushbu ma'lumotlarni. Salomat bo'ling.
BABY_H's Profile


Latest Posts
Farg'onam
Andijon mantisi
O'rama tort
"Yangi tehnologilardan...
"Yangi tehnologilardan...

Monthly Archive
October 2006
November 2006
May 2007

Change Language


Filter By Type
Travel
Topics


6182 views
Important Disclaimer